Qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasining madaniyat masalalari bo'yicha bosh direktori Lui Monreal, jamg'armaning madaniyat masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari She'roz Allibxay, Og'a Xon jamg'armasining Afg'onistondagi madaniyat bo'yicha Bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdik, deb yozmoqda Saida Mirziyoeva.
⠀
Qayd etilishicha, suhbatning asosiy mavzusi — Og'a Xon jamg'armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo'yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo'lgan.
⠀
Og'a Xon jamg'armasining madaniy meros ob'ektlarini asrab-avaylash bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O'zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo'yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
⠀
Mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakatimiz va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir, deb xabar qoldirgan Saida Mirziyoeva.
Bibixonim va Kalon majmuasining restavratsiyasi bo'yicha muzokara olib borilmoqda
Saida Mirziyoeva qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Toşkentda havo sifati «nosoğlom» darajada qolmoqda
- Toşkent va Farğonada katta miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi
- AQŞga uçadigan barça yölovçilar uçun yangi talab joriy etiladi
- Muştarak maqsadlar yölidagi Markaziy Osiyo
- Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi
- Aminova Munira Oliy attestatsiya komissiyasi raisi etib tayinlandi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi
- Ustyurtda yangi quduqdan yuqori bosim ostida gaz olindi