Biologik faol ozuqaviy qoʻshimchalar bu nima? “BFQ” lar dori vositasi hisoblanmaydimi?

    Bilasizmi? 19 May 2021 13301

    Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati bu savolga soha mutaxassislari tomonidan berilgan javoblarni taqdim qildi.

    — Balansli ovqatlanish – sogʻligʻimizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qoʻshimchalar bizning parhezimiz meʼyorida boʻlishini taʼminlash uchun lozim boʻlgan birikmalar majmuidir.

    Ular oʻsimlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qoʻlga kiritilishi mumkin.

    Biologik faol qoʻshimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, oʻsimlik ekstraktlari, toʻyinmagan yogʻli kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni oʻz ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sogʻlom moddalarni oʻzlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, koʻplab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.

    Ozuqaviy biofaol mahsulotlar oziq-ovqat va dori vositalaridan quyidagi mezonlarga koʻra ajratiladi:

    • Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qoʻshimchalardan foydalanish zaruriyati;
    • BFQ mahsulotlarining savdosi maʼlum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;
    • BFQ mahsulotlarida farmakologik taʼsirning yoʻqligi;
    • BFQ mahsulotlarida nojoʻya taʼsirning yoʻqligi;
    • BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror boʻlmagan hollarda ularning funksional faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallanganligi;

    Biofaol ozuqaviy qoʻshimchalar dori vositalari sirasiga kirmaydi❗️