Ushbu ISO/TS 331 biologik xilma-xillika Fransiyaning AFNOR milliy standart idorasi raislik qiladi. Qoʻmita bioxilma-xillik muammolarini hal qilish uchun mavjud milliy va xalqaro tajribani birlashtirish va kengaytirish orqali yaxlit yondashuvni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Boshqaruv qoʻmitasi vakili Kerolin Luilleri taʼkidlashicha, ISO/TS 331 ishlashi tashkilotlarga, shu jumladan hukumat va va biznes hamjamiyatga, biologik xilma-xillikni oʻz strategiyalariga, qaror qabul qilish jarayoni va harakatlariga qoʻshishga yordam beradi.

Shuningdek, ISO/TS 331 atrof-muhit muhandisligi, tabiiy resurslarga asoslangan yechimlar va tegishli texnologiyalar kabi biologik xilma-xillikning aniq masalalari boʻyicha koʻrsatmalarni ishlab chiqishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

“Oʻzstandart” agentligi xalqaro munosabatlar boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, kelajakda bioxilma-xillikga oid standartlardan foydalanish tashkilotlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari, Iqlim harakati (BMT 13), Suv ostidagi hayot (BMT 14), Quruqlikdagi hayot (BMT 15) dasturlarini amalga oshirishda bevosita hissa qoʻshish imkoniyatini beradi.