Toshkent viloyati ham ko'p millatli hudud hisoblanadi. Aholini milliy tarkibi bo'yicha o'zbeklar 70 foiz, qozoqlar 12 foiz, tojiklar 5,5 foiz, ruslar 4,6 foiz va boshqa millat vakillari 7,9 foizni tashkil etadi. SHundan YUqori CHirchiq tumanida 66 ming 368, Bo'stonliq tumanida 42 ming 804, CHinoz tumanida 26 ming 884 nafarga yaqin qozoq, Angren shahrida 33 ming 345, Bo'stonliq tumanida 28 ming 507, CHirchiq shahrida 17 ming 668 nafar tojik, Olmaliq shahrida esa 27 ming 329 nafar rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi.

Barchaga birdek e'tibor

YUqori CHirchiq tumandagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig'ini ham ko'pmillatli Vatan ichra Vatan desak mubolag'a bo'lmaydi. Hozir bu erda 12 millatdan iborat 3 ming 200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududdagi “Millatlar do'stligi” madaniyat saroyi ham nomiga monand tarzda faoliyatini tashkil etgan.

– 1970 yilda bunyod etilgan mazkur majmua o'tgan yillar davomida ancha eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi, – deydi “Millatlar do'stligi” madaniyat saroyi direktori O'g'iloy Qurbonova. – Tuman hokimi tashabbusi va taklifi bilan madaniyat saroyi 2019 yilda qayta rekonstruktsiya qilinib, 2020 yilda foydalanishga topshirilgan. Bu erda hozir Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi doirasida hudud bolalari uchun raqs, shaxmat-shashka, tikuvchilik, musiqa va kitobxonlik kabi to'garaklar tashkil etilgan. Unda 250 nafardan ortiq bolalar qamrab olingan. SHuningdek, 400 o'rinli kontsert zali zamonaviy qiyofaga keltirib ta'mirlandi. endilikda mahalla aholisi turli bayram va musiqiy tadbirlarni o'tkazishi uchun barcha sharoit mavjud. Xususan, mahallada yashovchi koreys millatiga mansub onaxonlarning Vatan, do'stlik va shu kabi jo'shqin qo'shiqlarini tinglagan insonning zavqi oshadi.

SHu bilan birga, qozoq va koreys milliy markazlarining tuman bo'limlari hamjihatlikda faoliyat yuritmoqda. YOzgi ta'til paytida karantin talablari asosida mazkur madaniyat saroyida ish tashkil etilgan. Bolalar faqat bir to'garakda vaqt o'tkazish bilan cheklanmaydi. 

eshonobod – chegara hududdagi ko'rkam maskan

eshonobod qishlog'i – Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahridan 80 kilometr, CHinoz tumani markazidan 20 kilometr olisda, qo'shni davlat bilan chegara hududda joylashgan. Bu maskanni o'ziga Vatan ichra kichik Vatan deb bilgan, bir oila farzandlaridek ahil va inoqlikda yashab, O'zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shib kelayotgan o'zbek, qozoq, qirg'iz, tojik va boshqa millatlarga mansub yurtdoshlarimiz yuz-ko'zidagi quvonchning cheku-chegarasi yo'q.

Mazkur hudud “Obod qishloq” dasturi natijasida yangi qiyofaga kirdi. Natijada bu erda yashayotgan qariyb 3,2 ming nafar aholiga zarur sharoit yaratildi. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bu erda barpo etilgan ko'plab ijtimoiy soha ob'ektlari, uy-joylar barcha millat va elat vakillariga ko'rsatilayotgan birdek e'tibor va g'amxo'rlikning yana bir amaliy ifodasi bo'ldi. Fayzobod ko'chasida qad rostlagan zamonaviy mahalla markazi fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish bo'yicha yangi tizimni samarali joriy etish uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Binoda mahalla fuqarolar yig'ini raisi, uning o'rinbosar va turli yo'nalishlar bo'yicha maslahatchilari, profilaktika inspektori o'zaro uyg'un va samarali faoliyat ko'rsatishi uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. SHular qatorida mo''jaz kutubxona va mutolaa zali, tumandagi Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazining shoxobchalari, 3-sektori shtabi, tibbiyot punkti, bank filiali kabi odamlarga maksimal darajada qulaylik yaratishga xizmat qiladigan ob'ektlar tashkil etilgan.

Qishloqda yangi barpo etilgan madaniyat saroyida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan eshonobodlik san'atsevar yoshlar mehmonlarni o'zlarining ijod namunalari bilan kutib oldi. 200 o'rinli mazkur madaniyat va san'at o'chog'i ko'pmillatli qishloq yoshlarining musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'at, komp`yuter texnologiyalari bilan mashg'ul bo'lishi uchun nihoyatda katta imkoniyat aslida.

Nonkentliklar ahilligining siri nimada?

Bu kabi ko'p millatli mahallalar viloyatda juda ko'p. SHulardan biri Piskent tumanidagi “Novkent” mahalla fuqarolar yig'ini baynalminal hududdir. Hozir bu erda 800 nafar qozoq, bundan tashqari, o'zbek, koreys, tojik, rus va tatar millatlariga mansub aholi yashaydi.

– Barcha millat vakillari ahil bo'lib, bir-biriga qarindosh bo'lib ketishgan, – deydi qozoq milliy madaniyat markazi tuman bo'limi rahbari erkin Umirbekov. – Hatto qozoq oilalar boshqa o'zbek, rus va tatar oilalar bilan quda-andachilik ham qiladi. Urf-odatlari birlashib ketgan. To'y-hashamlar, turli bayramlarni birgalikda o'tkazadi. Biz O'zbekistonda yashayotganimizdan faxrlanamiz. Hozir Piskent tumanida 5 ming nafarga yaqin qozoqlar istiqomat qiladi. Ular turli sohalarda mehnat qilib, yurtimiz farovonligiga o'z hissasini qo'shmoqda.

Mahalladagilar qozoq millati vakili bo'lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Xalq maorifi a'lochisi Ungar Urmanovning xotirasini doim e'zozlaydi. Bu inson urushda bir qo'lidan ayrildi. SHunday bo'lsa ham u xalq ta'limi sohasida faoliyat ko'rsatgan. O'limidan so'ng xonadonini keksalar oromgohi, qozoq milliy madaniyat markazi tuman bo'limi binosi sifatida faoliyat yuritishi uchun qoldirdi. Uning ibratli hayot yo'li haqida keksalar yoshlarga gapirib beradi. Hozir Ungar otaning farzandlari mamlakatimizda yashamasa ham har yili kelib, mahalladoshlariga yordam ko'rsatadi.

Mamlakatimiz hududiga XIX asr oxirlarida ko'chib kela boshlagan dunganlar 2008 yili bu zaminda yashayotganlariga 130 yil to'lganini nishonladi. Dunganlar asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, Farg'ona viloyatining shaharlarida istiqomat qiladi. Asli kelib chiqishi Xitoyning SHensi viloyatidan bo'lgan dunganlarning ko'pchiligi Toshkent viloyatining O'rta CHirchiq tumanidagi "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida yashaydi. Ular Islom diniga e'tiqod qilib, xitoy tilining shensi lahjasida so'zlashadi. SHu bilan birga o'zbek tilini ham yaxshi biladi.

Hududda 9 ta millat va elatlar do'stona muhitda yashaydi. Ular orasida dungan elatiga mansub aholi ko'pchilikni tashkil etadi. Jumladan, “Do'stlik” mahallasi deb atalguncha bu joylar xalq orasida “Dungan” mahalla nomi bilan mashhur edi.

Asli O'rta chirchiqlik, Dungan madaniyat markazi rahbari Mane Savurovning ta'kidlashicha, dunganlar o'zbeklarga o'xshab dehqonchilikni yaxshi egallagan. Yil bo'yi turli meva-sabzavot mahsulotlarini etishtiradi. Ayniqsa, sholichilikda yuqori hosil olishda mirishkor hisoblanadi. Ularning taomlari o'ziga xos bo'lib, qizil va yashil sabzavotlardan ko'proq foydalaniladi. Bu ranglar baxt va shodlik belgisi sifatida talqin qilinadi.

Ushbu mahalladagi 42-umumta'lim maktabida hozir 420 nafar bola o'qiyotgan bo'lib, ularning 150 nafarga yaqini dungan elatiga mansub.

– Viloyat hokimining tegishli qarori asosida ta'lim dargohimiz xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga aylantirildi, – deydi 42-umumta'lim maktabi direktori Maqsuda Muyassarova. – Avvalari bu erda o'zbek-rus tillarida dars o'tilgan bo'lsa, endilikda ingliz va xitoy tillari ham chuqurlashtirilib o'qitiladi. Maktabni xitoy tili fani o'qituvchilari bilan ta'minlash Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisiga yuklatildi. Joriy o'quv yilidan boshlab maktabda ingliz va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etiladi. Ingliz va xitoy tilida ham bolalarning bilimlari oshiriladi. Buning uchun malakali mutaxassislar jalb etiladigan bo'ldi. Biz bundan juda xursandmiz. Ayni paytda 30dan ortiq xitoy tili bo'yicha tarjimonlar, ya'ni maktabimizning sobiq bitiruvchilari O'zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasining qo'shma korxonalarida faoliyat olib boradi.

Mazkur ta'lim maskanining dungan o'quvchilaridan tashkil topgan “CHinme” havaskorlar ansambli ijrosidagi dungan xalq qo'shiqlari xalqimizning Navro'z, Mustaqillik, Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan shodiyonalar va Xitoy milliy bayramlari munosabati bilan o'tkaziladigan bayram tadbirlarida, oy kalendari bo'yicha nishonlanadigan YAngi yil — CHunsze bayramida, shuningdek, Respublika baynalmilal madaniyat markazi tadbirlarida ijro etiladi. YOshlar o'z an'analariga hurmat ruhida qaraydi.

Umuman olganda, Toshkent viloyatida bu kabi baynalminal mahallalar juda ko'p. Unda ko'plab elatlar tinch-totuv hayot kechirmoqda.

Ma'lumki, hozir dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib, millatchilik, diniy murosasizliklar kelib chiqyapti. Bu kabi salbiy illatlar jamiyatning parchalanishiga olib keladi. Ana shunday davrda Prezidentmiz tomonidan turli millat va dinga mansub insonlar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati bo'lib xizmat qiladi.