Tayyorgarlik jarayoni oʻrtoqlik uchrashuvlari ham oʻtkazilyapti.
Kecha Qarshining “Nasaf” klubi Rossiya quyi ligasi vakili “Volgar” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Hisobni 57 daqiqada rus klubi oʻyinchisi Mark Polushin ochgan boʻlsa, 84 va 86 daqiqalarda Husayn Norchayev ikkita gol kiritib, “Nasaf”ning gʻalabasini taʼminladi.
Poytaxtimizning “Bunyodkor” jamoasi Armaniston chempioni “Aleshkert” bilan bahslashdi. Uchrashuvda hisob armanistonlik oʻyinchi Yedigaryan tomonidan ochildi. U 30 daqiqada penaltidan gol kiritdi. 80-daqiqada esa Suhrob Izzatov hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Yangi mavsumda superli oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan “Neftchi” Qozogʻistonning Birinchi ligasi vakili “Maqtaaral” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.