Bir guruh kinoijodkorlar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

    Kuni kecha “Oʻzbekfilm” kinokonsernida “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashi qarori bilan elimiz suygan taniqli kinoijodkorlarni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ushbu mukofot bilan Oʻzbekiston xalq artistlari Rajab Adashev, Gulchehra Jamilova, Gulchehra Saʼdullayeva, marhum Lutfulla Saʼdullayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va dublyaj aktrisasi Noila Toshkenboyeva hamda kinorejissyor Ahmadjon Unarboyev va boshqalar taqdirlanishdi.

    Mukofotlarni Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev va Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonovlar topshirishdi.