2020-yil 5-iyul soat 14:00 da 47 yoshli fuqaro tanishining Shahrixon tumani Abdubiy koʻchasida joylashgan yashash xonadonida bir necha nafar sinfdoshlari bilan bazm uyushtirgan. Albatta, spirtli ichimlik ham isteʼmol qilingan.
Keyin esa ushbu fuqaro mast holda 50 yoshli shaxs bilan oʻzaro gap tortishib janjallashib qolishi natijasida uni oyogʻi bilan boʻyin sohasiga bir marotaba tepgan. Natijada jabrlanuvchi hushidan ketib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.