2020-yil dekabr oyida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan jahon tajribasi va aholining ijtimoiy soʻrov natijalarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmol savatining hisob-kitobini ishlab chiqish boʻyicha ishlar olib borildi.
Oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki, isteʼmol savatining miqdori bir kishi uchun taxminan 2 157 000 soʻmni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, isteʼmol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan: non, yorma va dukkakli mevalar, goʻsht, sabzavotlar, poliz, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar) sut mahsulotlari, shuningdek nooziq-ovqat (dorilar, kosmetika va uy-roʻzgʻor buyumlari) mahsulotlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qoʻshimcha oʻquv kurslari ham kiritilgan.
Taʼkidlash joizki, isteʼmol savati aholining uchta ijtimoiy-demografik guruhi — mehnatga layoqatli aholi, nafaqaxoʻrlar va bolalar uchun ishlab chiqilishi kerak. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bir oyda oʻrtacha mehnatga layoqatli shaxs isteʼmol qiladigan tovar va xizmatlar roʻyxati tayyorlandi.