Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida 22 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida boks boʻyicha Osiyo chempionati musobaqalari boʻlib oʻtmoqda. Kechagi musobaqalarda 6 nafar bokschimiz ringga koʻtarildi. Quvonarlisi, ularning barchasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

-48 kg. vaznda Asilbek Jalilov, -51 kg. vaznda Muhammadqodir Mamirjonov,  -54 kg. vaznda Shahzod Muzaffarov, -75 kg. vaznda Abdulaziz Abdupattayev, -50 kg. vaznda Sabina Boboqulova va -52 kg. vaznda Feruza Kazakova oʻz raqiblarini yengib keyingi bosqichga yoʻl oldi.