IQAir portaliga koʻra, soat 9-noyabr soat 10:30 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 33 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “nisbatan zararsiz” tasnifidagi koʻrsatkich hisoblanadi.

  • Reytingda 1-oʻrinni Hindistonning Dehli egallagan – PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 547 mkg/m3.
  • Pokistonning Lahor shahri 2-pogʻonada – 422 mkg/m3.
  • Uchlikka Hindistonning Kalkutta shahri yakun yasadi – 197 mkg/m3.

Shuningdek, reytingda keyingi oʻntalik oʻrinlarini Pokistonning Karachi, Bangladeshning Daka, Indoneziyaning Jakarta, Iroqning Bagʻdod, Hindistonning Mumbay, Kuvaytning Kuvayt shahri, Xitoyning Chengdu shaharlari band qilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, havo ifloslanishi koʻrsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tugʻdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.