“Bir martalik moddiy yordam puli” ortida yashiringan kiberfiribgarlik jinoyati

    Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) O.S. IIOga murojaat qilib, nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra 15.970.000 mln. soʻm onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli (ayol) R.M. sodir etganligi aniqlangan.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) R.M., jabrlanuvchi (ayol) O.S.ga oʻzini “Maqsuda” deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordam qilishini aytib, (ayol) O.S.ning bank mobil ilovasi orqali 15.970.000 soʻm miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va oʻsha vaqtning oʻzida oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.