Bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi

    Pilla yetishtirish bilan bogʻliq quyidagi ishlarda toʻliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi.

    Pilla yetishtirish bilan bogʻliq quyidagi ishlarda toʻliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi:

    • tut urugʻi tayyorlash;
    • tut nihollari va tut koʻchatlari yetishtirish;
    • tut ipak qurti urugʻlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
    • tut ipak qurti parvarishlash;
    • tirik va quriq pillani saralash;
    • tirik pillani quritish;
    • pillani qoʻl kuchi yordamida tashish;
    • pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
    • urugʻchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
    • tut ipak qurti urugʻlarini mikrotahlildan oʻtkazish;
    • tut ipak qurti urugʻlariga ishlov berish;
    • tut ipak qurti urugʻlarini qishlash davridagi ishlar;
    • tut ipak qurti urugʻlarini qadoqlash va yorliqlash.