Pilla yetishtirish bilan bogʻliq quyidagi ishlarda toʻliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi:

  • tut urugʻi tayyorlash;
  • tut nihollari va tut koʻchatlari yetishtirish;
  • tut ipak qurti urugʻlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
  • tut ipak qurti parvarishlash;
  • tirik va quriq pillani saralash;
  • tirik pillani quritish;
  • pillani qoʻl kuchi yordamida tashish;
  • pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
  • urugʻchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
  • tut ipak qurti urugʻlarini mikrotahlildan oʻtkazish;
  • tut ipak qurti urugʻlariga ishlov berish;
  • tut ipak qurti urugʻlarini qishlash davridagi ishlar;
  • tut ipak qurti urugʻlarini qadoqlash va yorliqlash.