Bir nechta mahalliy yoʻnalishlarga qoʻshimcha aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi

    Uzbekistan Airways navroʻz bayrami kunlari Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Fargʻona va Namanganga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

    Navroʻz bayrami munosabati bilan bir nechta mahalliy yoʻnalishlarga qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etildi.

    - Toshkent – Nukus – Toshkent – 20-mart kuni;

    - Toshkent – Buxoro – Toshkent – 20, 21, 24-mart kunlari;

    - Toshkent – Urganch – Toshkent – 24-mart kunlari;

    - Toshkent – Fargʻona – Toshkent – 21-mart kuni;

    - Toshkent – Namangan – Toshkent – 24-mart kuni.

    Shuningdek, 11-martdan boshlab Aviakompaniya quyidagi yoʻnalishlarda bepul avtobuslar harakati tashkil etgan:
    • Andijon – Fargʻona – Andijon;
    • Andijon – Namangan – Andijon.

    Namangan – Yekaterinburg aviaqatnovi uchun Andijondan Namanganga birinchi avtobus qatnovi 11-mart kuni soat 02:00 da amalga oshirildi.

    Keyinchalik, avtobuslar jadvalga muvofiq harakatni amalga oshiradi. Mazkur jadval bilan aviakompaniyaning rasmiy saytida “Yangiliklar” boʻlimida tanishishingiz mumkin.

    Mazkur xizmat faqatgina aviakompaniyaning qatnovlariga aviachiptaga ega boʻlgan Uzbekistan Airways yoʻlovchilariga taqdim etiladi.