Bugun Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan nuroniylar uch shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakunga koʻra:

1- oʻrin — Jumayev Chori Jumayevich (Surxondaryo viloyati) 27 million soʻm pul mukofoti;

2-oʻrin — Xudoyorov Solijon hoji (Samarqand viloyati) 18 million soʻm pul mukofoti;

3-oʻrin —Tleumuratov Nurmuxamed Seytpanovich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) 9 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Hududlardan ishtirok etgan har bir nuroniyga faol ishtiroki va alohida yutuqlari uchun tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.