Joriy yilning 1—31-mart holatiga ko'ra, jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo'lovchilar soni e'lon qilindi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabarida keltirilgan.

Unga ko'ra:

Eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar:

  1. 131-sonli yo'nalish — 265 025
  2. 93-sonli yo'nalish — 175 803
  3. 58-sonli yo'nalish — 171 271

Eng kam foydalanilgan yo'nalishlar:

  1. 141-sonli yo'nalish — 2 805
  2. 196-sonli yo'nalish — 3 765
  3. 113-sonli yo'nalish — 6 70

Avtobus rusumi bo'yicha tashilgan yo'lovchilar soni:

  1. Mercedes-Benz LF — 3 118 700
  2. Isuzu — 2 648 276
  3. Man — 1 773 924
  4. Saz LE 60 — 822 381
  5. Youtong (elektrobus) — 244 195

Umumiy ma'lumotga ko'ra, bir oy davomida 130 ta yo'nalish bo'yicha tashilgan jami yo'lovchilar soni 8 607 476 nafarni tashkil etmoqda.