Joriy yilning 1—31-mart holatiga ko'ra, jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo'lovchilar soni e'lon qilindi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabarida keltirilgan.
Unga ko'ra:
Eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar:
- 131-sonli yo'nalish — 265 025
- 93-sonli yo'nalish — 175 803
- 58-sonli yo'nalish — 171 271
Eng kam foydalanilgan yo'nalishlar:
- 141-sonli yo'nalish — 2 805
- 196-sonli yo'nalish — 3 765
- 113-sonli yo'nalish — 6 70
Avtobus rusumi bo'yicha tashilgan yo'lovchilar soni:
- Mercedes-Benz LF — 3 118 700
- Isuzu — 2 648 276
- Man — 1 773 924
- Saz LE 60 — 822 381
- Youtong (elektrobus) — 244 195
Umumiy ma'lumotga ko'ra, bir oy davomida 130 ta yo'nalish bo'yicha tashilgan jami yo'lovchilar soni 8 607 476 nafarni tashkil etmoqda.