Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xusayn Amir Abdullahiyon va Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar olib borilayotgan saʼy-harakatlarning hozirgi holatini muhokama qildilar hamda ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.