Bir tup terak kesgan fuqaro 8,5 mln soʻm jarimaga tortildi

    Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bir tup terak kesgan fuqaro 8,5 million soʻm jarimaga tortildi.

    Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, Paxtachi tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R tomonidan mahalla hududidagi oʻsib turgan bir tup terak daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlagan.

    Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobarida miqdorida jarima belgilandi.

    Shuningdek, oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming soʻm hisoblandi.