Eʼtirof insonga hamisha kuch va ragʻbat bagʻishlab kelgan. Ayniqsa, bunga davlat rahbari eʼtibori bilan munosib koʻrilgan boʻlsangiz, zavqu shavqi, faxr-iftixori, shodiyonasi umrga tatigulik boʻladi.

Prezidentimizning farmoniga muvofiq “Sodiq xizmatlari uchun” medaliga musharraf boʻlganim nafaqat men, balki ota-onam, oilam, farzandlarim va jamoamiz uchun ham qoʻshaloq bayram, saodatli yorugʻ kun boʻldi.

Ushbu yuksak mukofotni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning mustahkam “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil markaziy oʻringa qoʻyilayotganini alohida taʼkidladi. Darhaqiqat, keyingi yillarda xalq va armiya birligi mustahkamlandi. Bu kishiga xotirjamlik bagʻishlaydi.

Xotirjamlik va tinchlik boʻlgan joyda esa taraqqiyot kuzatiladi.

Shu maʼnoda, bizning kelgusi faoliyatimiz ham mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik ruhini joʻsh urdirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini targʻib qilish eng muhimi, Vatanimizda tinchlikni saqlash, aziz xalqimizni himoya qilishga qaratilishiga soʻz beramiz.

Zafar AXBUTAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
boshligʻi oʻrinbosari, “Sodiq xizmatlari uchun”
medali sohibi