4 oy ichida salkam 23 mlrd soʻmlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilindi

    Sanoat 27 Aprel 2023 884

    2023-yilning oʻtgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyatida joylashgan 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda noqonuniy holatlar maʼlum boʻldi.

    Energetika vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, respublika va hududiy ishchi guruhlar tomonidan joylarda energiya resurslarini talon-toroj qilishning oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

    2023-yilning oʻtgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyatida joylashgan 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda noqonuniy holatlar maʼlum boʻldi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 22,9 milliard soʻmlik (4 794 tonna) suyultirilgan gaz asoslantiruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda talon-toroj qilingan.

    Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish ishlari olib borilmoqda.

    Tekshirish natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha axborot beriladi.