Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan COVID-19

Challenge 2020 tanlovi doirasida gʻolib deb topilgan “Birdamlik” nomli loyihani taqdim etishdi.

Ixtirochilarning soʻzlariga koʻra, mazkur loyiha koʻngillilar harakatini muvofiqlashtirishga, koʻngillilar va yordamga muhtoj fuqarolar orasida samarali muloqot olib borishga hamda ularga maqsadli yordam koʻrsatishga zamin yaratib beradi.

Buning uchun loyihaning birdamlik.uz saytida roʻyxatdan oʻtib, muvofiqlashtiruvchi shaxs tomonidan belgilangan vazifani, yaʼni muhtojlarga yordam berishni bajarish lozim. Oʻz hissalarini qoʻshmoqchi boʻlgan homiylar ham saytda roʻyxatdan oʻtadi.

Bundan tashqari, saytda statistika ham mavjud, va unda topshirgan arizalarning soni, jalb qilingan koʻngillilarning va ulardan tashkil qilingan guruhlarning soni aks ettirilgan.

Aytib oʻtish joizki, mazkur loyiha yaqinda ishga tushganligi qaramasdan oʻz samarasini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda (2020-yil 6-avgust holatiga koʻra) loyiha doirasida 6 ta ariza kelib tushgan, 43 nafar koʻngillilar roʻyxatdan oʻtgan va ulardan 5 ta guruh tashkil qilingan.