Doxa shahrida Qatar “Masters” turniriga start berildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Marbuot xizmati xabariga ko'ra, musobaqaning birinchi kungi bellashuvlari oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Bugun tatamiga chiqqan toʻrt nafar dzyudochimizning hech biri sovrindorlar safida joy ololmadi. Lekin chorak finalga yetib kelgan -60 kg vazn toifasidagi dzyudochilarimiz — Sharofiddin Lutfullayev va Diyorbek Oʻrazboyev 468 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi.
Ular bronza medali yoʻlidagi oʻtish bellashuvlarida mos ravishda Rossiya va Niderlandiya dzyudochilariga yutqazib qoʻyishdi. Diyora Keldiyorova va Sardor Nurillayev ham oʻz hisoblariga 200 reyting ochkosini qoʻshib qoʻyishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati