Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.
Joriy oy davomida neft bazalarga jami 56 544 tonna, jumladan 18-dekabrda kuni 3 682 tonna AI-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.
2022-yil 18-dekabrda tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 2 415 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Jumladan, Toshkent shahri va viloyatiga 1 581 tonna, Andijonga 286 tonna, Buxoroga 136 tonna, Qashqadaryoga 33 tonna, Namanganga 314 tonna, Surxondaryoga 21 tonna, Fargʻonaga 44 tonna.
Neftni qayta ishlash zavodlarida, jumladan Buxoro zavodida 65,6 ming tonna va Fargʻona zavodida 23 ming tonna88,6 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.