Birja matbuot xizmati xabariga koʼra, sotuvlarning:

• 78,5 foizi – birja savdolari;
• 0,2 foizi – koʼrgazma-yarmarka savdolari;
• 21,1 foizi – elektron davlat xaridlari;
• 0,2 foizi – avtoraqamlarning onlayn-auktsioniga toʼgʼri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 574,2 milliard soʼmni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida onlayn auktsion orqali 1 559 ta avtoraqamlar sotildi. Cotilgan davlat raqam belgilarining umumiy narxi 5 milliard soʼmni tashkil qildi.

Birja savdolari

Koʼrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 988,1 milliard soʼmlik tovar resurslari sotildi. Jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. 24-30 oktyabrь kunlari birja savdolarida 10 000 tonna shakar sotuvga qoʼyildi va undan 9 850 tonnasi, yaʼni 98,5 foiz qismi sotildi. Koʼrib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik oʼrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 890 ming soʼmdan 10 807 ming soʼmgacha pasaygan.

Paxta tolasi

Birjaning paxta tolasi bozorida oʼtgan haftada birja savdolarida 1 436 tonna paxta tolasi sotildi. Oʼrtacha kunlik sotuv hajmlari 287 tonnani tashkil qildi. Koʼrib chiqilayotgan davrda paxta tolasining kunlik oʼrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 23 717 ming soʼmdan 19 879 ming soʼmgacha, yaʼni 16,2 foziga pasaydi.

Omuxta yem

Oʼtgan hafta mobaynida birja savdolariga 20 559,0 tonna omuxta yem qoʼyildi va undan 10 821,0 tonnasi, yaʼni 52,6% qismi sotildi.

Koʼrib chiqilayotgan davrda omuxta yem boʼyicha shakllangan kunlik oʼrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 171,0 ming soʼmdan 2 137,0 ming soʼmgacha, yaʼni 1,6% ga pasaydi. Oʼtkazilgan savdolarda har kuni oʼrtacha 107 xaridor ishtirok etdi.