Bunda sotuvlarning:
79,4% - birja savdolari;
0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
20,2% - elektron davlat xaridlari;
0,2% - avtoraqamlarning onlayn-ausioniga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 574,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 84 mlrd. so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn ausion orqali 2 347 ta avtoraqam sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 033,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 400 tonna shakar qo‘yildi va ularning deyarli barchasi – 10 215 tonnasi, ya’ni 98,2% hajmi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 295 xaridor ishtirok etdi. Shakarning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 043,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 11 670,2 ming so‘mdan 10 617,8 ming so‘mgacha, ya’ni 9%ga pasaygan.
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 40 801 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 63 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8 160,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 625,8 ming so‘mdan 3 509,3 ming so‘mgacha, ya’ni 3,2% ga pasaydi.
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 2 310 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ularning barchasi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 339,5 ming so‘mdan 3 960,3 ming so‘mgacha, ya’ni 8,7% ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 128,6 ming so‘mni tashkil etdi.