Bu 2022-yil 10-14-iyunda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida oʻtkazilgan ochiq birja savdolari natijalarida maʼlum boʻldi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, ulardan barcha hajmi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 3 000 tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 3 004 tonna shakar sotildi.
Shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar oʻrtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.