Shu yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra, suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshlariga nisbatan 14 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 8 724 ming soʻmni tashkil etdi (bir litr uchun oʻrtacha 5 520 soʻm).
Bu, oʻz navbatida, birjada suyultirilgan gaz narxi sentyabr oyida qayd etilgan oʻrtacha narx ( bir tonnasi uchun 8 800 ming soʻm)dan ham past darajaga tushganligini anglatadi.
Soʻngi kunlarda birjaga qoʻyilayotgan suyultirilgan gazning hajmi ham oshib bormoqda. Xususan, oktyabr oyida birja savdolariga bir kunda oʻrtacha 1 500 tonna suyultirilgan gaz qoʻyilgan boʻlsa, noyabr oyining oʻtgan davrida ushbu koʻrsatkich 2 000 tonnagacha yetmoqda, yaʼni oʻrtacha 25%ga oʻsgan.
Shu bilan birga, birja savdolariga qoʻyilayotgan AI-80 markali avtomobil benzin hajmini ortishi ham kutilmoqda, deb yozadi uzex.uz sayti.