Bishkek markazida Qirg'iziston davlat bayrog'ining yangi namunasi ko'tarildi

    Bishkekning markaziy maydoni — Ala-Tooda Qirg'iziston bayrog'ining yangi namunasi ko'tarildi.

    “Qirg'iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov markaziy Ala-Too maydonida Qirg'iziston Respublikasi davlat bayrog'ini ko'tarish marosimida ishtirok etdi”, — dedi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati vakili.

    Unga ko'ra, davlat madhiyasi sadolari ostida o'tgan tadbirda parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev, Davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Boobek Ajikeyev, Bosh shtab boshlig'i Ruslan Mukambetov, Bishkek meri Aybek Junushaliyev va bayroq mualliflari Jusup Matayev va Bekbosun Jaychibekov ishtirok etdi.

    Prezident Sadir Japarov o'tgan yilning 22-dekabrida Davlat ramzini o'zgartirish to'g'risidagi qonunni imzolagan edi, deb xabar beradi ria.ru.

    Bayroqda tasvirlangan tunduk atrofidagi joylashgan to'lqinsimon nurlar endi to'g'ri shaklga keltirilgan. Qonun loyihasi tashabbuskori bo'lgan deputatlarning aniqlik kiritishicha, ko'pchilik to'lqinsimon nurlarni mamlakatimizning asosiy qishloq xo'jaligi ekini hisoblanmaydigan kungaboqar bilan bog'laydi. Shu bilan birga, to'g'ridan-to'g'ri nurlar, deputatlarning fikriga ko'ra, quyosh nurlariga ko'proq o'xshaydi.