“Maʼnaviyat marafoni” doirasida dastavval milliy xalq oʻyinlarimizdan arqon tortish, milliy kurash, kamondan otish, tosh koʻtarish, ot sporti kabilardan musobaqalari  qiziqarli tarzda oʻtkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, sanʼatkorlar va yoshlar ishtirok etdi. Milliy qadriyatlarimizni oʻzida aks ettirgan “Milliy liboslar” koʻrgazmasida esa, 10 nafar qizlar respublikamiz viloyatlariga xos boʻlgan liboslarni oʻziga xos usulda namoyish etishdi.

 “Odamdayin Mehribon Vatan” mavzusida yangragan milliy qoʻshiqlar guldastasi ham barchaga birday manzur boʻldi va eng yaxshi ijrochi nominatsiyasida  davom ettirildi.

Eng asosiysi, Milliy gvardiya boʻlinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar professional sanʼatkorlardan qolishmagan tarzda jonli ovozda  qoʻshiqlarni kuylashdi.

Tadbir soʻngida, “Milliy liboslar” koʻrgazmasi qatnashchilari  va milliy qoʻshiqlarning eng yaxshi ijrochisi, tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Gulichehra DURDIYEVA,

"Yangii Oʻzbekiston" muxbiri