“Biznesga birinchi qadam”ni biz bilan qoʻying!

    “Mikrokreditbank” ATB tomonidan yurtdoshlarimiz uchun yangi turdagi mikroqarz va avtokredit joriy qilindi.

    Bunda oʻz oʻzini band qilgan va oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslar “Biznesga birinchi qadam” nomli mikroqarzdan foydalanishlari mumkin.

    Mazkur mikroqarz oʻz-oʻzini band qilgan, rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga 12 oy (yillik 26%), 24 oy (yillik 27%) va 36 oy (yillik 28%) gacha boʻlgan muddatga 1-bosqichda - BHMning 20 barobarigacha boʻlgan miqdorda va 2-bosqichda - BHMning 35 barobarigacha boʻlgan miqdorda ajratiladi.

    Shuningdek, oʻz oʻzini band qilgan jismoniy shaxslarga yanada qulayliklar (taksi xizmati sohasida) yaratish maqsadida, bankda mavjud “Yengil avtotransport vositalarini ikkilamchi bozordan sotib olish uchun kredit” mahsuloti joriy qilingan bo‘lib, mazkur kreditni 27-29% da, 60 oy muddatgacha boshlang‘ich to‘lov 25-40% da olishingiz mumkin.

    Mijozlarimiz “Komfort” (birlamchi bozordan) avtokreditini olish uchun 26-28% da, 60 oy muddatgacha boshlang‘ich to‘lov 25-40% dagi avtokreditimiz joriy qilindi.