Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 mlrd soʻmgacha qisqartirish, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

  • elektron raqamli imzo kalitini berish;
  • bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
  • ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
  • koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
  • QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish;
  • onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
  • yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.