Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Toshkent shahar prokurori birinchi oʻrinbosarining “Real Sanjik” nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum boʻlgan, 1990-yilda Namanganda tugʻilgan va “Finans Invest” KSB taʼsischisi S.K.ga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi koʻrib chiqildi.
U Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) va 25,273-moddasi 2-qismi (narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyat) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.
Sudning 2025-yil 28-noyabrdagi ajrimiga koʻra, prokuror iltimosnomasi qanoatlantirilib, S.K.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllandi va u tergov hibsxonasiga joylashtiriladigan boʻldi.









