Blue Ghost 1ning Oyda olgan birinchi fotosurati e'lon qilindi

    NASA Oy yuzasidan Blue Ghost 1 moduli tomonidan olingan birinchi suratni taqdim etdi. Suratni Amerika koinot agentligi saytida ko'rish mumkin.

    “Oyning yaqin tomonidagi Inqirozlar dengiziga muvaffaqiyatli qo'nganini tasdiqlaganidan ko'p o'tmay, Firefly kompaniyasining Blue Ghost oyga qo'nuvchisi tomonidan olingan birinchi surat. Bu NASAning Commercial Lunar Payload Services tashabbusi doirasida ilmiy va texnik asboblarning ikkinchi bor oyga yetkazilishidir”, deyiladi fotosuratda.

    Avvalroq NASA Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghost 1 moduli 2-mart, yakshanba kuni Moskva vaqti bilan 11:34 da Oy yuzasiga yumshoq qo'nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.

    15-yanvar kuni AQShning Florida shtatidagi Jon Kennedi nomidagi koinot markazidagi 39A majmuasi maydonchasidan Blue Ghost 1 koinot qurilmasi bo'lgan Falcon 9 raketasi uchirildi.

    Blue Ghost 1 qo'nish qurilmasi ikki oy kuni va oy tunida bir necha soat faol ishlashga mo'ljallangan, deb xabar beradi lenta.ru.