BMT: Besh yoshgacha bo'lgan G'azodagi bolalarning qariyb 90 foizi yuqumli kasalliklardan aziyat chekmoqda

    G'azo sektoridagi 5 yoshgacha bo'lgan har 10 nafar bolaning kamida 9 nafari bir yoki bir nechta yuqumli kasalliklarga chalingan.

    Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

    “G'azoda salomatlik holati yomonlashishda davom etmoqda: 5 yoshgacha bo'lgan har 10 boladan 9 nafari bir yoki bir nechta yuqumli kasalliklardan aziyat chekmoqda”, deyiladi hisobotda.

    Hujjatda, shuningdek, G'azo sektoridagi ayollarning 25 foizi teri kasalliklari va salomatlik bilan bog'liq boshqa muammolardan aziyat chekayotgani qayd etilgan, deb xabar beradi tass.ru.