Bu haqda BMT Bosh kotibi Xavfsizlik Kengashining Afrika vakilligini kuchaytirishga bag'ishlangan yig'ilishida ta'kidladi, deb xabar beradi news.un.org.

1945-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi global tinchlik va xavfsizlikning poydevori bo'lib kelgan, deb esladi Guterrish, ammo “uning poydevoridagi yoriqlar juda katta bo'lib bormoqda”.

“Xavfsizlik Kengashi Ikkinchi jahon urushi g'oliblari tomonidan tuzilgan va o'sha davrdagi kuch tuzilmalarini aks ettiradi, deya davom etdi BMT rahbari. 1945-yildan beri dunyo o'zgardi, ammo Xavfsizlik Kengashining tarkibi, ayrim o'zgarishlarga qaramay, zamon bilan hamqadam emas. 1945-yilda ko'pgina zamonaviy Afrika mamlakatlari hamon mustamlaka hukmronligi ostida bo'lib, xalqaro munosabatlarda hech qanday ovozga ega emas edi. Bu haligacha hal etilmagan jiddiy kamchilikka olib keldi: Xavfsizlik Kengashida Afrika vakili bo'lgan doimiy a'zo yo'q va qit'adan saylangan a'zolar soni uning mavqeiga mos kelmaydi.

Xavfsizlik Kengashi kun tartibidagi barcha mamlakat yoki mintaqaviy mojarolarning deyarli yarmi Afrikaga tegishli. Ular ko'pincha global iqtisodiyot uchun muhim bo'lgan “Afrika resurslariga ega bo'lish” asosida kuchayadi va tashqi ishtirokchilarning aralashuvi bilan chuqurlashadi.

“Afrikada xavfsizliksiz global xavfsizlikni ta'minlash mumkin emas”, deya ta'kidladi Antoniu Guterrish. “Ayni paytda Afrika davlatlari barqaror bo'lmagan qarz yukidan va ular yetarli darajada namoyon bo'lmagan global moliyaviy arxitektura tufayli moliyaviy yetishmovchilikdan qiynalmoqda. Ular iqlim inqirozi sabab kuchli suv toshqini va qurg'oqchilikdan aziyat chekmoqda, bu ularning aybi emas. Ammo bularning barchasiga qaramay, Afrika qit'ada ham, undan tashqarida ham tinchlik uchun kurashda ishonchli hamkor ekanligini isbotladi”.

Xavfsizlik Kengashi faoliyatiga xalqaro ishonchni ta'minlash, BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ayrim doimiy a'zolarining uzoq yillik chaqiriqlariga quloq solish va mavjud adolatsizlikni Afrikadan doimiy vakilni kiritish orqali tuzatish zarurligini anglatadi, dedi Bosh kotib.