Qayd etilishicha, tashrif doirasidan “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi — 2030” dasturini hamkorlikda amalga oshirish, BMT va Oʻzbekiston oʻrtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, F. Paulliyer 15-may — Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivalidan oʻrin olgan tadbirlarda ishtirok etadi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari va faol yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.