BMTning yordam ko'rsatish bo'yicha agentliklariga ko'ra, G'azoning ayrim hududlarida allaqachon ocharchilik boshlangan va qish yaqinlashgani sari vaziyat yanada og'irlashmoqda. Isroilning uzluksiz o'qqa tutishlari minglab odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qildi. Ayrimlar hozirda yo'l chetlarida yashashyapti yoki oziq-ovqatga ega emas.

300 000 ga yaqin odam hanuzgacha vayronalar orasida yashayapti, davom etayotgan janglar tufayli u yerga kirib borish qiyin bo'lmoqda.

BMT bu borada ikkinchi to'siq borligini aytadi. Isroil hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan kirishga to'siq qo'ygani tufayli shu oyda yordam karvonlarining chorak qismidan kamrog'i G'azo sektori shimolidagi manziliga yetib bordi.

Seshanba kuni Qatar va Fransiya Isroil va HAMAS bilan G'azodagi garovga olinganlarga zudlik bilan dori-darmonlarni yetkazib berish bo'yicha kelishib olganliklarini e'lon qilishgan, deb xabar beradi ru.euronews.com.