Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti iqtisodiy tahlil va siyosat bo'limi direktori Shantanu Mukerji brifingda ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Bizning hisobotimizda 2023-yilda global o'sish 2,7 foizni tashkil etadi. Ammo 2024-yil uchun prognozimiz 2,4 foizga tushirildi”, dedi u.
Mukerji 2024-yilda inflyatsiya “maqsadli 2 foiz darajasiga tushishi” kerakligini ta'kidladi. Uning qo'shimcha qilishicha, jahon iqtisodiyoti hali “xavfli hududdan” chiqmagan, bu esa retsessiyaga olib kelishi mumkin.