Guterresh barcha mamlakatlar hukumatlarini koronavirus pandemiyasining ta'sir va oqibatlarining oldini olishga va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun shoshilinch choralar ko'rishga chaqirgan. Uning so'zlariga ko'ra, yaqin muddatda dunyo aholisining kambag'al qatlami hatto birlamchi turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan mahrum bo'lishi mumkin.
"Agar shoshilinch choralar ko'rilmasa, global oziq-ovqat inqirozi yuz berishi mumkin, uning oqibatlaridan yuz millionlab bolalar va kattalar zarar ko'radi", degan BMT rahbari.
BMT hisob-kitoblariga ko'ra, pandemiya ta'sirida dunyo iqtisodiyotining tanazzulga uchrashi tufayli joriy yilning o'zida 50 millionga yaqin inson "juda kambag'al" toifasiga kirish ehtimoli bor.