28 davlat vakillari mazkur rezolyutsiyani yoqlab, 12 tasi qarshi ovoz berdi, 7 nafar delegat betaraf qoldi.

Mazkur ovoz berish jarayoni Shvetsiyada Qur'on kitobi yoqib yuborilgani munosabati bilan BMT Inson huquqlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi doirasida o'tkazildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti organi davlatlarni diniy nafrat so'zlari yoki “kamsitish, adovat va zo'ravonlikni qo'zg'atuvchi” harakatlar uchun javobgarlikka tortilishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan bo'shliqlarni aniqlash uchun o'zlarining milliy qonunlari, siyosatlari va qonunlarni qo'llash tizimini qayta ko'rib chiqishga chaqirmoqda, deb xabar beradi ria.ru.