BMT Xavfsizlik Kengashi Anqaradagi teraktni keskin qoraladi

    BMT Xavfsizlik Kengashi Turkiya aviatsiya va kosmik sanoat kompaniyasining (TUSAŞ) ishlab chiqarish obyektida sodir etilgan terrorchilik hujumini keskin qoraladi.

    Bu haqda TRT Haber telekanali ma'lum qildi.

    Tashkilot tomonidan e'lon qilingan bayonotda, hujum uchun javobgarlar, shuningdek, hujumni moliyalashtirgan va qo'llab-quvvatlaganlar javobgarlikka tortilishi kerakligi ta'kidlandi.

    Eslatib o'tamiz, 23-oktabr kuni Anqaradagi TUSAŞ hududida sodir etilgan terakt oqibatida besh kishi halok bo'ldi, 22 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi report.az.