BMT Xavfsizlik Kengashi G'azoda o't ochishni to'xtatish rejasini qo'llab-quvvatladi

    BMT Xavfsizlik kengashi 10-iyun, dushanba kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden tomonidan e'lon qilingan G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish rejasini yoqlab ovoz berdi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Rezolyutsiya matnida falastinlik jangarilar sakkiz oydan beri davom etayotgan qarama-qarshilikni tugatish shartlarini qabul qilishga chaqiriladi. Hamas o'zining rasmiy bayonotida tinchlik rejasini qo'llab-quvvatlagan va uni amalga oshirish uchun vositachilar bilan hamkorlik qilishini aytgan.

    Xavfsizlik Kengashiga a'zo 15 davlatdan 14 tasi G'azoda tinchlik o'rnatish bo'yicha rezolyutsiyani qo'llab-quvvatladi, faqat Rossiya betaraf qoldi.

    Bayden tomonidan Isroil tashabbusi deb nomlangan tinchlik rejasi har biri olti haftalik bir necha bosqichlarni ko'zda tutadi, bu davrda sulh amal qiladi, deb xabar beradi korrespondent.net.