Tomonlar MOPDMM va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdi.

Mamlakatimiz BMT rezolyutsiyalari va qarorlarini amaliyotga tatbiq etish, bu borada hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston BMT faoliyati doirasida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ifoda etuvchi bir qator muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surayotgani qayd etildi. Ular boshqa aʼzo davlatlarning pozitsiyalariga mos keladi.

Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan yangilanishlar toʻgʻrisida axborot berildi. Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berish, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish shular jumlasidandir.

N.German amalga oshirilayotgan tashqi siyosat boʻyicha islohotlarni yuqori baholadi. Islohotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilikning yangi siyosiy muhiti yaratildi.

Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.