Tadbirda Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari poytaxtda odamlarni uy-joy bilan taʼminlash va aholining barcha qatlamlari yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Balakrishnan Rajagopal janoblari esa kadastr bilan bogʻliq ayrim masalalar, ijara platformalari, renovatsiya loyihasi, xususiy mulk egalarining huquqlari, Toshkent shahridagi xalq qabulxonalari faoliyati, sayyor qabullar borasida savollari bilan yuzlandi. Soha masʼullari barcha savollarga batafsil maʼlumot berdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.