Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov gruzin millatiga mansub Ispaniya terma jamoasi aʼzosi, amaldagi jahon chempioni Nikoloz Sherazadishvilini katta qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Endi Bobonov bronza medali uchun turkiyalik Mixail Zgank hamda Germaniya terma jamoasi aʼzosi Eduard Trippel o‘rtasidagi bahsda yutqazgan sportchi bilan bellashadi.
Ta’kidlash kerak, so‘nggi Jahon chempionati finalida aynan Sherazadishvili Davlat Bobonovni mag‘lub etgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Demak, Bobonov bu safar revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.
Hamyurtimizga omad tilaymiz.