Hudud imkoniyatlaridan kengroq foydalanish maqsadida Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligida 4,5 gektar yerda zaʼfaron, 1 gektarda lavanda, 50 sotix yerda godji dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari tashkil etilgan. Bu ekinlar boshqa oʻsimliklarga qaraganda parvarishi ogʻirroq oʻsimliklardir.

Oʻtgan yilda oʻrmon fondining 17 ming 663 gektari 538 ta fuqaroga investitsiya kiritish va yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan ijaraga berildi. Joriy yilda esa 2 ming 600 gektar yer xususiy sektorlarga ijaraga beriladi.