Oʻzbek kinosida Bobur davri boshlanayotganday...
Shu kungacha kino filmotekamizda faqatgina 2012-yilda Timur Agzamxoʻjayev tomonidan suratga olingan 13 daqiqalik filmgina bor edi xolos. Buyuk ajdodimizning oʻnlab filmlarga asos boʻlgulik hayoti, oʻziga xos taqdiri bor va turgan gapki kino sanʼati tarixga bot-bot murojaat qilayotgan ekan, shoh va shoir Bobur obrazi ana shu eʼtiborning markazida turibdi.
Bu yoʻldagi ilk qadamlardan biri Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida suratga olingan Zahiriddin Muhammad Bobur hujjatli filmidir.
Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher oʻgʻli, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Sanʼat Kenjayev, prodyuser Xurshid Alixoʻjayev. Ayni paytda kinorejissyor Bobur Sher oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayotiga bagʻishlangan 30 qismdan iborat kinoserial ustida ishlayapti.
Maʼlumot uchun, mazkur filmning katta ekranlardagi ilk namoyishi 2022-yilning 14-fevral sanasida “Kinochilar uyi” kinoteatrida boʻlib oʻtgan edi.