Oʻzbekiston Badiiy akademiyasida sanʼat bayrami oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mutasaddilar tomonidan festivalga tayyorgarlik ishlari va oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar berildi.
Prezidentimiz
oʻtgan yili aprel oyida Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Bobur shahri milliy
madaniyat va sanʼatimiz, oʻzbekona mehmondoʻstlik, bagʻrikenglik va hamkorlikni
aks ettiradigan oʻziga xos koʻzgu boʻlishi zarurligini taʼkidlab, bu yerda Рrassomlar
festivalini oʻtkazishni taklif qilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Andijon
viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, festivalni har ikki yilda bir marta
tashkillashtirish belgilandi.
– Uchinchi Renessansni oʻz oldiga katta maqsad qilib qoʻygan Яyangi Oʻzbekistonda milliy
tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor
qaratilmoqda, – deydi Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov. – Davlat rahbari va
hukumatning tasviriy va amaliy sanʼat sohasiga bunday eʼtibori natijasida xalqaro
jamoatchilikka yurtimizning milliy badiiy boyliklarini hamda musavvirlar ijod namunalari va yutuqlarini koʻrsatishga keng
imkoniyat yaratildi. Mamlakatimizda birinchi marta boʻlib oʻtadigan Рrassomlar festivali ham
nufuzli sanʼat anjumanlari qatoridan joy oladi.
Mutasaddilarning
taʼkidlashicha, yosh isteʼdodlarni milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum
etuvchi yorqin asarlar yaratishga undovchi muhit yaratish, soha rivojiga
munosib hissa qoʻshayotgan tajribali ijodkorlar, isteʼdodli rassomlarni aniqlash,
ularni maʼnaviy hamda moddiy ragʻbatlantirib borish, jahon sanʼat maydonida
munosib oʻrin egallashga intilishlarini qoʻllab-quvvatlash festivalning asosiy
maqsadi sanaladi.
Bundan
tashqari, oʻzbek tasviriy sanʼatining turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish,
xalqimizning ushbu nafis sanʼatga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish,
ijodkorlarga zarur shart-sharoit yaratib, ularning badiiy salohiyatini
oshirish, tasviriy sanʼatimizning oʻziga xos jihatlari, anʼana va yutuqlarini
xalqaro hamjamiyatga namoyish qilish masalalariga ham alohida eʼtibor
qaratiladi.
– Qolaversa,
Bobur shahrini yoshlar uchun ilhom, ijodiy parvoz maskaniga, yurtimizning yana
bir turizm va madaniyat markaziga aylantirish, sayyohlik salohiyatini
yuksaltirishda ushbu festivalning ahamiyati yuqori boʻladi, – deydi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi
Ibrohim Valixoʻjayev. – Festivalda Qoraqalpogʻiston va viloyatlardan 200
нафарга яқин tasviriy sanʼatning rangtasvir, badiiy foto, haykaltaroshlik va
grafika yoʻnalishlarida tajribaga ega 200 nafarga yaqin ijodkorлар ishtirok
etadi.
Shuningdek,
festival doirasida tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha ijodiy asarlar
koʻrgazmasi, taniqli va iqtidorli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, TURKSOY bilan hamkorlikda xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya, пленэрлар, amaliy sanʼat va hunarmandчиlik koʻrаgazmalari, milliy va
tarixiy liboslar, badiiy dasturlar namoyishi tashkil etiladi.
Festival
gʻoliblari Oʻzbekiston Республикаси Prezidenti sovgʻasi sifatida yengil
avtomobil, diplom, festival ramziy haykalchasi va pul mukofotlari bilan
taqdirlanadi.
Nodir MAHMUDOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri