Unda boburshunos olimlar, Oʻzbekistonning Ispaniya-Portugaliya, Janubiy Koreya, Germaniya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Tailand, Avstriya, Quvayt, Polsha, Malayziya, Belorussiya, Bangladesh, Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgani, oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgani haqida gapirib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, siyosiy fanlari boʻyicha falsafa doktori M.Musayev Bobur hamisha el-yurt, xalq uchun masʼuliyatni his etib kelgani, taqdir irodasi bilan Qobulda taxtga chiqganligi, Hindistonda buyuk Boburiylar imperiyasiga asos solganligini va boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida oʻzining munosib oʻrniga ega ekanligini taʼkidladi.
Muloqot davomida Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Sharqnoma” jurnali bosh muharriri Hakimjon Zokirov, Isroildagi vatandosh Polina Xaimova va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning Zahiriddin Muhammad Boburni eʼtirof etuvchi maʼruzalari tinglandi.
Mansur Musayev,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi
Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi,
siyosiy fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)